MUZ SAROYLARI VA MUZDA UCHISH MAYDONCHALARI

Muzda uchish maydonchalari uchun eng muhimi bu – elektr energiyasi va ekspluatasiya qilsihdagi sarf-xarajatlari bo’lib, ushbu sarf–xarajatlar to’gridan to’gri ob-havo sharoitiga va muz maydonchasining joylashuviga bog'liq hisoblanadi. Muzda uchish maydonchalari maqbul dizayn asosida amalga oshirilsa elektr energiyasini 50% gacha tejash mumkin bo’ladi. Ichki harorat va namlik darajasini istalgan darajada saqlab turish uchun binoning konstruksiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Muzda uchish maydonchalarida ichki havo haroratini istalgan sharoitda ushlab turish uchun maqbul havo ventilyatsiyasi talab etiladi. Shu bilan birga maydonchaga tuman tushmasligi uchun namlik darajasi me’yorda saqlanishi kerak. Sovutish tizimida; quvvatiga qarab Freon (404A) yoki ammiak (NH3) gazlari ishlatilishi mumkin.

demo

image_9

OCHIQ VA YOPIQ MAYDONDA MUZDA
UCHISH MAYDONCHALARINI AMALGA OSHIRISH

  • Sho'r suvda ishlaydigan sovutish jihozlari.
  • Issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik almashinuvi jihozlari vositasida qo’llaniladigan suvni va yerostining isitilishi.
  • Yerni maqbul shaklda tayyorlash.
  • Muzda uchish maydonchalarida quvurlarni o’rnatish tizimi.
  • Yon tayanch to’siqlari va himoya oynalari
  • Maydonchaning va boshqa hududlarning konditsioner va havo ventilyatsiya tizimi bilan jihozlanganligi
  • Nam olish tizimi

image_9

MUZ SAROYLARINI AMALGA OSHIRISH

  • To’liq o’zimiz tarafimizdan amalga oshiriladigan muz saroylari
  • Suniy qor ishlab chiqarish uchun maxsus sovutish jihozlari
  • Yopiq muz saroylari uchun maxsus mo'ljallangan sovutish qurilmalari
  • Yuqori sifatli qor ishlab chiqarishga mo’ljallangan sovutish tizimlari
  • Moslashtirish mumkin bo'lgan qor ishlab chiqarish mashinalari
  • Havo ventilyatsiyasi va namlash tizimlari
  • Muzda uchish maydonchalari
  • Sun’iy qor xonalari

REJALASHTIRISH VA DIZAYN

Muzda uchish maydonchasi loyihasida ilk amalga oshirilishi lozim bo’lgan ish bu - rejalashtirish va dizayn hisoblanadi. Muzda uchish maydonchalari uchun eng muhim masala bu – elektr energiyasi va ekspluatasiya sarf-xarajatlari bo’lib, ushbu sarf-xarajatlar to’gridan to’gri ob-havo sharoitiga va muz maydonchasining joylashuviga bog'liq hisoblanadi. Muzda uchish maydonchalari maqbul dizayn asosida amalga oshirilsa elektr energiyasini 50% gacha tejash mumkin bo’ladi. Ichki harorat va namlik darajasini istalgan darajada saqlab turish uchun binoning konstruksiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Muzda uchish maydonchalarida ichki havo haroratini istalgan sharoitda ushlab turish uchun to'g'ri havo ventilyatsiyasi talab etiladi. Shu bilan birga tuman tushmasligi uchun namlik darajasi me’yorda saqlanishi kerak. Muzda uchish maydonchasining inshooti, quvurlashtirish, folga va izolyatsiyasi, tegishli chiller qurilmasi va boshqaruv panellarini o'rnatish bilan bir qatorda loyihaning hajmi va xarakteriga qarab boshqa turli komponentlarning montajini o’z ichiga qamrab oladi.

QUVURLASHTIRISH TIZIMI

Muzda uchish maydonchalari ikki xil: sobit yoki modulli (mobil) shaklda qurilishi mumkin. Quvurlash usuli tanlangan tizimga qarab o’zgaradi.


SOBİT TIZIM

Qurilish maydonchasida oraliq masofasi bir biriga yaqin va kesishgan shaklda polietilen quvurlar o’rnatiladi (PE-x quvur tizimi). Mazkur quvurlar qurilish maydoniga konsollar yoki maxsus konstruksiyalar yordamida o’rnatilgandan keyingina so’nggi beton qatlami quyiladi. Oxirgi beton qatlami juda tekis bo’lishi kerak. Buning uchun maxsus vibratsiyali kalibrlash moslamasi yordamida beton bir kun ichida quyilishi lozim. Betonda choklar shakllanmasligi kerak. Bundan tashqari, sovutish jarayonida betonning yorilishiga yo'l qo'ymaslik uchun maxsus qorishmali beton qo'shilishi kerak bo’ladi.

MODULLI (MOBİL) TIZIM

Mobil tizimlar uchun plastik materiallardan tayyorlangan, egiluvchan, issiqlik o’tkazish xususiyati yuqori bo’lgan MAT tizimli quvurlar qo'llaniladi. Ushbu tizim, odatda, "Ice Box" deb nomlangan tayyor modul shaklidagi bo’laklarni birlashtirib yaratilgan. MAT tizimidagi quvurlar, dastlab rulon shaklida bo'ladi va qurilish maydoniga o'rnatiladi. "Ice Box" deb nomlangan tayyor modullar yonma-yon joylashtirilishi mumkin va kollektorni istalgan uzunlikda o’rnatish imkoni mavjud. Buning uchun maxsus qurilmalar va aksessuarlar ishlatiladi.




MODUL (MOBİL) TIZIMINING USTUVOR JIHATLARI

  • O'rnatish va yechish oson.
  • Joyidan ko'chirib olish mumkin bo’lgan qismlardan tashkil topgan.
  • O'rnatiladigan joyga doimiy montaj va qazish ishlari talab qilinmaydi.
  • Joyidan ko'chirish va qayta tiklash uchun xuddi shu materiallar ishlatiladi.
  • O'rnatish muddati 4-5 kunni tashkil etadi, joyidan ko'chirish muddati esa 1 kunni tashkil qiladi.
  • Mehnat xarajatlari kam.
  • Quvurlarni joylashtirish uchun maxsus konsol yoki tirkamalarga ehtiyoj yo’q.

SOVUTISH TIZIMI

Frigo Mekanik kompaniyasining maqsadi, o’z mijozlariga kamchiqim, atrof-muhitga zararsiz, oz elektr energiyasi sarflovchi va shu bilan birga optimal shaklda ishlaydigan tizimlarni taklif qilishdan iborat. Biz har qanday ko’rinishdagi muz loyihalarini (arenalar, muz saroylari, sport markazlari, savdo-sotiq markazlari, ichkarida yoki tashqarida joylashadigan muz maydonchalari) kabi loyihalaringizga eng to’gri yechimlarni taklif qilamiz.

VENTILYATSIYA VA NAM OLISH TIZIMI

Muz saroylaridagi ichki havo muhitini istalgan shartlarda saqlashning eng maqbul yo’li bu mehanik usulda ventilyatsiya qilish hisoblanadi. Havoni moslashtirish jihozlari vositasida tashqaridan toza havo olib ushbu havoni isitish yoki aksincha sovutish amalga oshiriladi. Muz maydonchasining harorati 14°C ushlanishi talab etiladi. Maydoncha ustida tuman hosil bo’lmasligi uchun namlik nisbati imkoni boricha past bo’lishi kerak. Agar maydoncha qish oylarida foydalaniladigan bo’lsa, eng maqbul havo harorati 14°C va namlik nisbati %50 bolishi lozim. Yoz oylarida esa maydonchaning harorati 16°C va namlik darajasi %70 ga qadar ko’tarish mumkin. Muz maydonchalarida qullaniladigan ba’zi havo moslashtirish maxsus qurilmalari o’zining nam olish tizimi bilan jihozlangan.

Muzda uchish maydonchasiga ehtiyojingiz bormi?