
SIFAT SIYOSATI
Asosiy maqsadimiz: Kompaniyamizning madaniy siyosatini umumiy sifat menejmentiga moslashtirgan holda sanoat sovutgichlari sektoridagi raqobat kuchimizni oshirishdir. Qonun va qoidalarga muvofiq milliy va xalqaro standartlarga mos, atrof muhitga zararsiz va tejamkor mahsulotlar bilan bozorni ta'minlash. Mijozlar ehtiyojini qondirish bizning ustuvor vazifamizdir. Bozor sharoitida raqobatbardosh, sifatli mahsulot va xizmatlarni raqobatchilardan ko'ra arzonroq narxda va tez vaqtda ta'minlaymiz. Kompaniyamiz madaniyati xatosiz ishlash, xatolar yuzaga kelmasdan turib ularni bartaraf qilishga qaratilgan. Bizning maqsadimiz mahsulot va xizmatlarimizdagi boshqalardan farqimizni oshirish, mijozlar talabiga mos harakat qiliish va unumdorlikni oshirishdir.
ISH XAVFSIZLIGI SIYOSATIMIZ
Frigo Mekanik kompaniyasi sog’liqni saqlash va mehnat xavfsizligi qonun va qoidalariga muvofiq holda barcha xodimlarining sog'lig’i, xavfsizligi va ish muhiti xavfsizligi nuqtai nazaridan eng maqbul sharoitlarda ishlashini ta'minlaydi. Biz bu sohada salbiy hodisa sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavf nuqtalarini aniqlaymiz va ularni oldini olamiz. Ish xavfsizligini doimiy ravishda yaxshilash, ish xavfsizligi bilan bog'liq huquqiy qoidalarga rioya qilishni maqsad qilib qo'yamiz va xodimlarimizning ish xavfsizligidan xabardorligini yaxshilash maqsadida xavf-xatarlarga qarshi maxsus ta’lim berib boramiz.
ATROF-MUHİTNİ SAQLASH SİYOSATİMIZ
Frigo Mekanik kompaniyasi atrof-muhitga nisbatan mas'uliyatini anglab etgan holda atrof-muhitga zarar yetkazadigan omillarni minimallashtirish orqali qonuniy majburiyatlar va atrof-muhit sohasidagi qonunchilikka amal qilishni maqsad qilib qo'ygan. Shu sababli, biz barcha loyihalarda ishlatiladigan texnologiyalarning atrof-muhitga ta'sirini kamaytirishga harakat qilgan holda «ATROF MUHITGA HURMAT» shiori ostida amalga oshirishga etibor qaratamiz. Shu nuqtai nazardan, barcha zarur sifat belgilariga va qonuniy talablarga javob bergan holda ISO 14001 atrof muhitni boshqaruv tizimi guvohnomasiga ega shu sektordagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanamiz.
OZİQ-OVQAT XAVFSİZLİGİ SİYOSATİMIZ
Mijozlarimiz o’z oziq-ovqat mahsulotlarini ishonchli saqlashi uchun oziq-ovqat sanoatidagi "SOVUTGICHLARDA SAQLASH" texnologiyasiga zarur bo'lgan jihoz, uskuna va muhandislik xizmatlarini taqdim etamiz. Biz xizmat ko'rsatadigan sohada qonun-qoidalarga amal qilamiz va doimiy muvofiqlikni ta'minlaymiz. Biz doimiy ravishda oziq-ovqat xavfsizligi xavfini minimallashtirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etib kelamiz va xodimlarimizni ushbu yo'nalishda yo'naltiramiz va o'qitib boramiz.