KOMPANIYA HAQIDA

Frigo Mekanik A.Ş.
BİZGA BOG’LANING
demo

KOMPANIYA HAQIDA

Frigo Mekanik kompaniyasi 1989 yildan buyon sanoat sovutish sektorida loyihalashtirish, pudratchilik va to’liq shaklda sovutish tizimlarini qurib berish xizmatlari sohasida Turkiyaning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Bosh ofisimiz Istanbulda joylashgan, 38 ta davlatda ko'plab hududiy dillerlarimiz mavjud. Kompaniyamizda 50 dan ortiq malakali mutaxassislar mavjud. Ularning har biri iqtidorli, tajribali, bilim va ko’nikmaga ega mutaxassislar hisoblanadi. Frigo Mekanik kompaniyasi bugungi kunga qadar turli sohalarda, asosan oziq-ovqat sektorida 5000 dan ortiq loyihani amalga oshirdi. Frigo Mekanik kompaniyasi zavodida issiqlik almashinuvi jihozlari va sovutish uskunalari jahon standartlari asosida ishlab chiqariladi. Shu nuqtai nazardan, har qanday sanoat sovutish tizimining ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatiga va quvvatiga ega bo’lib, loyihalashtirish jarayonida tejamkor, sifatli, qulay va samarador va nuqsonsiz sovutish tizimlarni taklif qiladi.

TO’LIQ PUDRATCHILIK XIZMATLARI

Frigo Mekanik kompaniyasi uzoq yillar mobaynida muvaffaqiyatli amalga oshirgan loyihalari va sovutish tizimlari bilan o'z obro'sini mustahkamlagan.

LOYIHALASHTIRISH

Frigo Mekanik kompaniyasi sanoat sovutish tizimidagi har qanday ehtiyojingizni qondirishga qodir imkoniyat, tajriba va muhandislik ko’nikmalariga ega.

MONTAJ ISHLARI

Frigo Mekanik kompaniyasi tomonidan maxsus tayyorlangan barcha loyihalar vakolatli texnik guruh tomonidan amalga oshiriladi.

TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH VA TA'MIRLASH

Frigo Mekanik kompaniyasi texnik xizmat ko'rsatish guruhi 7 kun 24 soat mobaynida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarida sizni qo'llab-quvvatlashga tayyor.