
Mahsulotlarni hosil yetilgandan keyingi umrini uzaytirish - ularni maqbul sovutish tizimlari va vakuumli xonalarda saqlash orqali amalga oshiriladi. Vakuumli xonalarda mahsulot atrofini o’rab turgan havo tarkibi normal atmosferadagi havo tarkibidan tubdan farqlanib, vakuumli xonalarga azot gazi berish va etilen gazini xonadan so’rib olish orqali havo tarkibi nazorati amalga oshiriladi. Vakuumli xonalardagi sovutish tizimi standart sovutish xonalari bilan bir xil bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, xonadagi havo tarkibini almashtirish va ushbu o'zgaruvchan havoni xonadan chiqib ketmasligini ta'minlash kerak bo’ladi. Vakuumli xonalarda kislorod (O2) nisbati kamayishi tufayli mahsulotlarning nafas olish tezligi pasayadi, metabolizm jarayoni esa sekinlashadi va atmosferada mahsulotning o’sishi kechiktiriladi. Ushbu omil mahsulotlarni oddiy sovutish xonalariga nisbatan ancha uzoq vaqt davomida va sifatli saqlanishini ta'minlaydi.
QO’LLANILADIGAN JOYLAR
- Vakuum tizimli jihozlarni olib kelish va o'rnatish (Azot generatorlari, CO2 moddasi miqdorini ozaytiruvchi jihozlar, O2 / CO2 moddalari analiz jihozları, Etilen moddasini ozaytiruvchi jihozlar, izolyatsiyasi mustahkam sovutish xonasi eshiklari va hokazolar).
- Izolyatsiyasi mustahkam bo’lgan sovutish xona eshiklarini o'rnatish.
- Vakuum nazoratli sovutish xonalari uchun sezgir boshqaruv ostida sovutish tizimlari.
- HACCP, TSE (Turkiya me'yorlari) va EN (Evropa me'yorlari) standartlariga moslik.
- PLC/SCADA tizimi bilan sezgir nazorat va masofadan boshqarish tizimi.