IQLIMLASHTIRILGAN TEST O’TKAZISH XONALARI

Exterior of a hopsital Emergency Room

Harorat, namlik va havo tezligi (dastur va kompyuter yordamida) aniq nazorat qilinadigan maxsus xonalar hisoblanadi. Nazorat-test xonasining devorlari va ship qismlari poliuretanli panellar bilan izolyatsiya qilinadi. Namlikni nazorat qilish uchun sovutish jihozlariga qo'shimcha ravishda namlantiruvchi va namlikni oluvchi jihozlar ishlatiladi. Nazorat-test xonalarida o’rnatilgan teshikli temir plastinadan havo xonaning ichiga bir xil tarqaladi. Mikroprotsessorli elektron nazorat tizimi yordamida nazorat-test xonasini istalgan harorat va namlik darajasiga olib chiqish uchun isitish, sovutish, namlantirish, namini olish jarayonlari amalga oshiriladi. Nazorat-test xonalari; haddan tashqari isib ketgan hollarda butun tizimni signal chalib avtomatik tarzda to'xtatishga mo'ljallangan.

QO’LLANILADIGAN JOYLAR
  • Buyum ishlab chiqarish zavodlari (maishiy sovutgich, kir yuvish mashinasi, idish yuvish mashinasi, televizor va boshqalar)
  • Termal qurilma ishlab chiqarish zavodlari
  • Kompressor ishlab chiqarish zavodlari
  • Dori darmon ishlab chiqarish zavodlari
  • Harorat va namlikni aniq moslashtirish mumkin bo'lgan turli xil sinov maydonlari

Tasavvur qilgan yoki rejalashtirgan loyihangiz bormi?